QASHQADARYODAGI SEL OSTIDA QOLAYOTGAN MAKTAB: TABIIY OFATNING OLDINI OLSA BO‘LADIMI?

120

Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanidagi 24-umumiy ta’lim maktabining jamoasini bir necha yildan beri jiddiy muammo qiynab kelmoqda.
Gap shundaki, tumandagi mazkur ta’lim dargohi har yili bahor mavsumida sel va suv toshqinlari ostida qoladi.
Bu haqda «Nasafnews.uz»ga maktab direktori Ilhom Normurodov xabar qildi.
-Tabiiy ofat tufayli ba’zan haftalab dars jarayonlarini to‘xtatishga majbur bo‘lamiz,-deydi Ilhom Normurodov. Chunki suv va sel oqimi maktabimiz hududidan oqib o‘tadi va maktabga jiddiy talofat yetkazadi.

Eshonquduq mahallasi raisi Baxtiyor Nikiyevning so‘zlariga ko‘ra, Dehqonobod tog’laridan hosil bo‘lgan oqim sel kelsa tezlashadi va qishloqlik aholi xonadonlarigacha yetib boradi.
Xatto ba’zi uylarni oqim yuvib ham ketgan.
-O‘tkan yili sel oqimi tufayli qishloq yo‘li ko‘lga aylandi,- deydi Baxtiyor Nikiyev.Oqibatda shahardan qishloqqa qishloqdan shaharga borishning bir necha kun imkoni bo‘lmadi. Maxsus texnikalar orqali bu muammoni bartaraf etdik. Ammo bu yil nima bo‘ladi, bilmaymiz.

Tabiiy ofatning oldini olsa bo‘ladimi?
Mazkur masalaga “Nasafnews.uz” muxbiri mahalla oqsoqollari bilan  suhbatda aniqlik kiritishga harakat qilib ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, tabiiy ofatning  oldini olishning iloji yo‘q. Lekin sel oqibatida to‘plangan suv yo‘nalishini o‘zgartirishning imkoni bor.
Qishloq tashqarisida zovur qazish ishlarini olib borish va  suv oqimini unga yo‘naltirish lozim. Buning uchun esa katta mablag’ zarur. Aholining bundan boshqa yo‘li ham yo‘q.

2018-yil  sel va suv toshqinlari oqibatida 24-umumta’lim maktabining tom qisimidagi shiferlarga jiddiy zarar yetkan. Derazalar sinib, yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Oradan biroz vaqt o‘tgach mutasaddilar tomonidan tabiiy ofat talofatlari bartaraf etilgan.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida har bahor sel kelib turishi tabiiy. Ammo qishloq yo‘llari va odamlarning hovlilarini bosish darajasida katta suv toshqinlari kam kuzatiladi.

Qashqadaryo yangiliklarini telegram orqali kuzatib boring! → https://t.me/nasafnewsuz

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here