YAKKABOG’NING “BETARTIB” BOZORI

135

Qashqadaryoning Kitob, Shahrisabz, Yakkabog’ tumanlari  ijtimoiy va  iqtisodiy jihatdan rivojlanib borayotgan eng oldi hududlaridan hisoblanadi. Bu tumanlarda amalga oshirilgan ishlar, islohotlar butun respublikaga ma’lum.

Oʻtmishdan qaysi davlatga borsang, avval mozorini keyin bozorini koʻr degan naql boʻlgan. Bozorlarda har bir shaharning oʻz mahsulotlari, meva-sabzavotlari nafaqat aholiga, balki mehmonlarga ham tortiq etiladi. Biroq, Yakkabog’ dehqon oziq-ovqat bozoriga bir borsangiz, qaytib kelgingiz ham bilgingiz ham kelmaydi. Nega deysizmi? Chunki bu yerda na tartib bor, na intizom. Hamma oʻziga xon- koʻlankasi maydon.

Bozor hududidagi yoʻl qismida harakatlanayotgan yoʻlovchi ham haydovchi ham yoʻl qoidalariga rioya qilmaydi. Rioya qilmaydi-da, xavfsizlik uchun biror bir yoʻl belgisi boʻlmaganidan keyin…
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, meva-sabzavotlar va boshqa barcha turdagi iste’mol mahsulotlari bozor ichkarisidagi rastalarda emas, katta yoʻl yoqasida betartib sotilayapti. Agar savdogarlar bilan muloqot qilib qolsangiz, ularning koʻp qismi noqonuniy faoliyat koʻrsatayotganiga ham guvoh boʻlasiz!
Yakkabog’ning betartib bozorini kim nazorat qiladi? Bizda savolku tayin, unga javob berishga na qarovul bor, na biror bir mas’ul shaxs.Ularni bozorni tartibga olishdan koʻra oʻta muhim ishlari borga oʻxshaydi!

 D.NABIYEV

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here