QASHQADARYODA BALIQCHILIK SOHASI RIVOJLANMOQDA.NATIJADA…

192

«Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shahrisabz tumanidagi ishbilarmonlar hozirda bu soha orqali yaxshi daromad ham olishayapti.
Tumandagi “Achig’i” mahalla fuqarolar yig’inida bugungi kunda 5100 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida mahalla xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
-Tadbirkorimiz To‘lqin Ismatov o‘tkan yili bo‘sh qolgan yerlardan foydalanib, baliqchilikni yo‘lga qo‘ydi,-deydi mahalla raisi Sayfulla Fozilov.Natijada qishlog’imiz yoshlari ish bilan ta’minlandi. Hozirda aholining baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish reja qilingan. O‘laymizki, bu soha yaxshi foyda ham keltiradi.

Ko‘proq baliq yeyish uchun 3 sabab

O‘zida vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot go‘shtini ko‘p va xo‘b iste’mol qilishingiz mumkin.Sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soch to‘kilishi, buqoq dardlaridan asraysiz. Baliq yurakni sozlab, qon bosimini me’yorda ushlaydi.

1.Yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi
Omega-3 yog‘ kislotalari yallig‘lanish darajasini pasaytiradi va surunkali yurak kasalliklaridan himoya qiladi. Shuningdek baliq iste’mol qilish yurak faoliyatidagi yetishmovchilik va yurakning ishemik kasalliklari rivojlanish xavfini qisqartiradi.

2.Tarkibi D vitaminiga boy
Bu vitamin kalsiyni singdirish va suyaklar salomatligi uchun zarur. Ko‘pchiligimiz uni kerakli miqdorda ololmaymiz, shuning uchun baliqni ratsionga kiritish — bu vitamin yetishmasligi oldini olishning eng yaxshi yo‘li.

3.Ko‘rish qobiliyati uchun foydali
Omega-3 yog‘ kislotalari ko‘rish qobiliyatini va ko‘zning umumiy salomatligini yaxshilaydi. Baliq — bunday foydali yog‘larning eng yaxshi manbasi hisoblanadi.

Shahrisabz tumanidagi “Xitoy” mahallasi tadbirkorlari ham buni yaxshi anglagan holda baliq yetishtirish bilan shug’illanishmoqda.
-Qishlog’imizda 10 dan ortiq xonadonlarda baliq havzalari bor,-deydi mahalla raisi O‘ktam Berdialiyev. Kuzgi mavsumda ular 2 tonnadan ortiq baliq go‘shtini ichki bozorlarga tarqatishdi.Tez kunlarda baliqchilarimiz soni yanada ortadi deb o‘ylayman. Chunki bu tizimga bo‘lgan qiziqish aholi o‘rtasida kuchlidir.

Doniyor ORIPOV TAYYORLADI

 

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here