Bugun xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Tursunov Jasur Sanjarovichni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi. Jasur Tursunov - 1979-yil Kasbi tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Faoliyati davomida Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori vazifasida ham ishlagan.