Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlariga yangi rahbarlar tayinlandi

Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlariga yangi rahbarlar tayinlandi

15 янв 2026
1 650
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida bir nechta tumanlarda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Mirishkor, Dehqonobod, G‘uzor tumanlarining Yoshlar ishlari bo‘limiga yangi rahbar tayinlangan.

• Abdirayimov Sarvar Nematovich Dehqonobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Dehqonobod tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

• Qurbonov Xo‘jamberdi Baxtiyor o‘g‘li G‘uzor tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari boshqarmasining G‘uzor tuman bo‘limida mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.

• Odilov Inomjon Shuhrat o‘g‘li Mirishkor tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar “Yangi Mirishkor” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritgan.




«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: