Qashqadaryoda Misr tajribasi asosida 5 gektardan 100 tonna “super-super elita” kartoshka urug‘ligi olindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda davlat rahbari Misr tajribasi asosida Kitob tumanida 5 gektardan 100 tonna “super-super elita” kartoshka urug‘ligi olinganini maʼlum qildi.
"Joriy yilda Misr tajribasi asosida Kitob tumanida 5 gektardan 100 tonna “super-super elita” kartoshka urug‘ligi olindi. Ushbu davlatdagi elchimiz o‘tkazgan muzokaralar natijasida misrlik investorlar buni 1 ming gektarga yetkazishga tayyor", dedi davlat rahbari.
Misr kompaniyalaridan biri Tuproqqal’ada 2 ming gektar cho‘lni foydalanishga kiritish va pivot uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifini bergan. Yana bir yirik kompaniyasi gepatit “S” virusiga qarshi dori vositasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish tashabbusini bildirgan.
Mutasaddilarga ushbu loyihalarni boshlash topshirildi.
Umuman, yangi eksport yo‘nalishi sifatida 50 dan ortiq davlatga ega, iqtisodiyoti 3 trillion dollarga teng bo‘lgan Afrika qit’asi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Tashqi ishlar, Investitsiya, sanoat va savdo vazirliklari, Misr va Qatardagi elchilarga tegishli “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.
Ўхшаш янгиликлар:
Шаҳрисабзлик фуқаро Чироқчидаги савдо дўконини ўмариб кетди
Чироқчи тумани «Обод» маҳалласида яшовчи K.O. 2022 йил 11 март куни туман ИИБга ариза билан мурожаат қилди.