Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » ”Qarshi neft bazasi” MChJ rahbari ishdan olindi

”Qarshi neft bazasi” MChJ rahbari ishdan olindi

18 янв 2026
1 130
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

Ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun “Qarshi neft bazasi” rahbarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu haqda 18 yanvar kuni "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot kotibi Mo‘min Ibodov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror Qashqadaryo viloyatida olib borilgan o‘rganishlar yakunida qabul qilingan.

Ma’lum qilinishicha, "O‘zbekneftgaz" boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh hududdagi o‘rganishlarning uchinchi kunini aynan “Qarshi neft bazasi” faoliyatini tahlil qilishdan boshlagan. O‘rganishlar jarayonida bazadagi holat keskin tanqid qilingan, jumladan, hudud va jarayonlarni raqamlashtirish orqali talon-torojliklarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilgan. 

Tekshiruvlar davomida neft bazaning bugungi holati qoniqarsiz ekani aniqlangan. Neft mahsulotlarini realizatsiya qilishda shaffof va samarali tizim yo‘lga qo‘yilmagani, boshqaruv hamda ichki nazorat mexanizmlarining sustligi oqibatida bir qator jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Natijada “Qarshi neft bazasi” 2025-yilni moliyaviy zarar bilan yakunlagan.

 Shuningdek, neft mahsulotlari zichligini noto‘g‘ri qo‘llash holatlari aniqlanib, bu iste’molchilar manfaatlariga zarar yetkazgani ta’kidlandi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur bazada Bekzod Bobonazarov vaqtinchalik direktor vazifasini bajarib kelgan. Eslatib o‘tilishicha, avvalroq "O‘zbekneftgaz" boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlarini ham lavozimidan ozod etgan edi.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: