“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari, Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida oʻtkazildi.