Бош саҳифа » МАҲАЛЛИЙ » Qashqadaryoda ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan "soxta prokuror" ushlandi

Qashqadaryoda ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan "soxta prokuror" ushlandi

12 июн 2026
250
МАҲАЛЛИЙ

Bosh prokuratura, Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda zaxiradagi kichik serjant U.K. fuqaro A.O.ga o‘zini go‘yoki Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xodimi deb tanishtirib, uning ukasi L.O.ni 3 000 AQSH dollari evaziga Mudofaa vazirligining yuqori lavozimlarida ishlovchi tanishlari orqali Mudofaa vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, kelishilgan puldan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: