Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog‘ tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro Sh.B.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘quv kursida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab berib haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.