Bugungi kunda vohamiz Germaniya davlati bilan ta’lim, tartibli migratsiya, tibbiyot, investitsiya va sun’iy intellekt kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
Jumladan, Haydelberg (Heidelberg) shahri meri janob Ekkart Vursner (Eckart Würzner) bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ta’lim va kasbiy ta’lim, sog‘liqni saqlash, investitsiyalarni jalb etish hamda tartibli migratsiya yo‘nalishlarida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida qator muhim kelishuvlar imzolandi.