Бош саҳифа » МАҲАЛЛИЙ » Qarshi tumanida sudya yordamchisi 2,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Qarshi tumanida sudya yordamchisi 2,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

19 июн 2026
920
МАҲАЛЛИЙ

U Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi bo‘limida joriy yilning may oyidan faoliyat yurita boshlagan fuqaroni go‘yoki o‘zining mansabdor tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yganligini ro‘kach qilib hamda kelgusida uni o‘ziga maqbul bo‘lgan tumandagi MIBga o‘tkazib qo‘yishini aytib, evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: