Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Ko‘kdalada 10 ming yurtdoshni birlashtirgan istiqlol tantanasi

Ko‘kdalada 10 ming yurtdoshni birlashtirgan istiqlol tantanasi

28 авг 2026
220
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

27-avgust kuni Ko‘kdala tumani Yettitom shaharchasidagi Madaniyat saroyi hovlisida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida 10 ming nafardan ortiq ko‘kdalaliklar jam bo‘ldi.

Tantanali kecha yurtimiz mustaqilligi, tinchlik-osoyishtalik va xalqimizning bunyodkorlik ruhini tarannum etgan kuy-qo‘shiqlarga boy bo‘ldi.

Bayram dasturida taniqli san’atkorlar — Mahmud Namozov, Yodgor Mirzajonov, Adolat Ismoilova, shuningdek, raqs jamoalari hamda Qashqadaryo viloyatining ko‘zga ko‘ringan san’atkorlari ishtirok etdi. Ular tomonidan ijro etilgan dilbar qo‘shiqlar va jozibali raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida xalqimizga xos hamjihatlik, birdamlik, Vatanga muhabbat va istiqlolga shukronalik tuyg‘ulari o‘z ifodasini topdi.

Osmonga ko‘tarilgan bayram mushaklari, yangragan kuy-qo‘shiqlar va minglab yurtdoshlarimizning birgalikdagi shodiyonalari Mustaqillik bayramiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Bayram konserti ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada o‘tib, ko‘kdalaliklar xotirasida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: