Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida keliniga uzoq vaqt davomida ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazib kelgan qaynonaga sud hukmi o‘qildi. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, 47 yoshli ayol 2022-yildan 2025-yil oktyabrgacha kelinini muntazam haqorat qilgan, kaltaklagan, uyidan haydagan hamda uning yaqinlari bilan aloqasini cheklagan.