Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Qashqadaryoda tez yordam feldsheri psixotrop dorilarni sotayotganda ushlandi

Qashqadaryoda tez yordam feldsheri psixotrop dorilarni sotayotganda ushlandi

08 сен 2026
350
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

Qashqadaryo viloyatida qiymati 15 mln so‘mlik kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departament hamda huquq-tartibot organlari xodimlari hamkorligida Qarshi shahri Qorliqbog‘ot mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Kasbi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri fuqaroga uch turdagi 200 dona psixotrop dori vositasini 15 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tabletkalar tarkibida 18 gramm kuchli taʼsir qiluvchi modda borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: