CHIROQCHI TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASINING YASHIRADIGAN “SIRI BOR”MI?

155

Qashqadaryo viloyati:

Barcha tizimda o‘zgarishlar, ijobiy yutuqlar ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, bugun eng chekka hududlar, tuman markazlariga tibbiyotning eng so‘nggi yutuqlari kirib borayapti. Bu jarayonlarda faol ishtirok etish jurnalistlar zimmasiga ham katta vazifa yuklaydi. “Qalam ahli” o‘z salohiyatidan kelib chiqqan holda joylardagi islohotlarni xolis yoritib borishni maqsad qilgan. Biroq, eskicha fikrlaydigan, jurnalistni do‘st emas, dushman deb ko‘radigan rahbarlar ham oramizda yo‘q emas…

Birgina misol, kuni kecha “ Nasafnews.uz” axborot portali muxbirlari mustaqillik bayrami arafasida Chiroqchidagi ijobiy o‘zgarishlarni yoritish uchun ijodiy safarda bo‘lishdi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi va uning negizida faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida shifoxona mudiri Bahodir Rahimov bilan muloqot qilishga harakat qilib ko‘rdik.

…Buni qarangki, jurnalist amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish uchun rahbariyatning ruhsati kerakligi, agarda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari ruhsat bermasa, poliklinika mudiri hech bir yangilik haqida tanishtirmasligini aytib qoldi.

Yuzaga kelgan holatdan o‘zimiz ham hayratlanib tuman tibbiyot birlashmasi rahbari  To‘lqin Ashurovni izlab ko‘rdik. Topa olmagach, qo‘l telefon raqamini so‘radik. Ammo, qancha urinmaylik rahbar bilan bog’lana olmadik.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosar bilan telefon orqali muloqot qilish sharafiga muyassar bo‘ldik.( e’tibor bering shifoxonada na birlashma rahbarini, na uning o‘rinbosarlarini topa oldik. Faqatgina markaziy poliklinika mudiri Bahodir Rahimov bundan mustasno ) Ma’lum bo‘lishicha, davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosar Odil  Shaymanov bizga telefon orqali  poliklinika faoliyatini o’rganishimiz uchun “ruhsat” berdi.

Bejizga markaziy poliklinika mudiri Bahodir Rahimov faoliyatimizga qarshilik qilmagan ekan. Ish kuni va ish vaqti bo‘lsa ham  poliklinikaning ba’zi muolaja xonalari yopiq.   Shifokorlar qayerda deb so‘rasak, ish bilan chiqqan, hozir kelishadi mazmunidagi javobni oldik.

2014- yilda rekonstruksiya qilingan shifoxona faoliyatiga tanqidiy nazar tashlashdan yiroqmiz. Chunki, bemorlar davolanishi uchun bugun bu yerda barcha sharoit yaratilgan.  Tibbiyotning eng so‘nggi jihozlari o‘rnatilgan. Faqatgina bundan shifokorlar qanday foydalanishayapti bu yog’i bizga qorong’u.

    Dilshod NABIYEV.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here