Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Varganzada quturish kasalligi aniqlanganmi?

Varganzada quturish kasalligi aniqlanganmi?

14 июл 2026
1 190
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani “Varganza” mahallasida bir oilaning uch nafar a’zosida quturish kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan SSV rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 10-iyul kuni Kitob tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro xavfli yuqumli kasallik gumoni bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Epidemiologik surishtiruv davomida bemorni taxminan bir oy avval tulki bolasi tirnagani aniqlangan. Afsuski, u joriy yil 11-iyul kuni vafot etgan.

Hozirgi vaqtda vafot etgan fuqaroning o‘lim sababi yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. 

"Mazkur hududda yashovchi uch nafar fuqaro ehtiyot chorasi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularda quturish kasalligining klinik belgilari aniqlanmadi. Ayni paytda ushbu fuqarolar shifokorlar nazoratiga olinib, zarur profilaktik emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda", deyiladi rasmiy xabarda.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: