QAMASHIDA 30 MING NAFAR AHOLINI QIYNAB KELAYOTGAN MUAMMOGA TUMANNING YANGI HOKIMI QANDAY QARAYDI?

397

Xabaringiz bor, Prezidentimiz joriy yil 13-14 -dekabr kunlari Qashqadaryoga kechgan tashrif davomida avvalgi topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirdi, xalq hayoti bilan bevosita tanishdi.
Safar vaqtida viloyatdagi 3 ta tuman va 1 ta shahar hokimi vazifasidan ozod etildi.Ular orasida Qamashi tumani ham bor.
Tumani hokimi Faxriddin Omonovich Do‘stmurodov o‘rniga Sherali Sanayev yangi rahbar etib tayinlangan. Sanayev shu kungacha Bekobod tumani prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.
Albatta, yangi hokimdan tuman axlining umidi katta. Chunki, yillar davomida yechimini topmayotgan muammolar tub ildiz otib ketgan.

Qamashi tumanidagi «Qoratepa»QFYda 30 mingga yaqin hamda «Berdoli» qishlogʻida 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Aholini qoʻshni tuman va shahar bilan bogʻlab turuvchi asosiy yoʻlining 5 kilometrga yaqin masofasi tamir talab holga kelib qolgan.
Fuqarolarning ta’kidlashicha, bu yerda avval tekis va ravon yoʻl boʻlgan va u hali ham bor. Bu yoʻl Chimqurgʻon daryosining etagida joylashganligi bois 18 yil muqaddam yopib qoʻyilgan.
Shundan so‘ng,  «Berdoli» qishlogʻi ichidan aylanma yoʻl ochib berilgan-u biroq haligacha taʼmirlanmagan.

-Qarshi shahriga borib kelish 24,25 ming soʻmni, qorli, yomgʻirli kunlarda 30 ming soʻmni tashkil etadi, – deydi biz bilan suhbatda qishloqda istiqomat qiluvchi Madina Zoirova.Shu paytgacha hech kimning e’tiboriga tushmagan qishlog’imiz haqida balki yangi hokimimiz qayg’urar.E’tibor qaratilsa, qishlog’imiz aholisining eng katta muammosi yechilgan bo‘lar edi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here