QASHQADARYODA NAVI KAMYOB VA FOYDALI QOʻZIQORIN YETISHTIRILMOQDA

200

Qashqadaryo viloyati  Mirishkor tumani «Shodlik» mahallasida oʻziga xos texnologiya asosida qoʻziqorin yetishtirilmoqda. Qoʻziqorinlar hozircha yilning istalgan faslida mahalliy aholiga yetkazib berilayapti. Keyinchalik boshqa hududlarga ham sotish rejalashtirilgan.
Oʻzbekistonda va boshqa mamlakatlarda kam uchraydigan «Vishinka» navini parvarishlash va oʻstirish oson emas.
Shu hududda istiqomat qilayotgan Biolog va oʻqituvchi Alisher Egamov bu turni 3 yil davomida oʻrganib chiqdi va hosil olish yoʻllarini izlab topdi.

Qo‘ziqorinning bu navi  inson salomatligi uchun foydali bo‘lib, tarkibida 70-80 foiz oqsil moddasi bor,- deydi Alisher Egamov. Endilikda mahsulot miqdorini ko‘paytirish, yangi navlarni yetishtirish ustida ish olib bormoqdamiz.

Dilshod NABIYEV

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here