CHIROQCHINING CHEKKA HUDUDLARDA TIBBIY XIZMAT SIFATI QAY AHVOLDA?

78

Chiroqchi tumani Beshchashma hududida joylashgan “Mirzatup” mahallasi va yon qishloqlarda jami 9 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Ularga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun Chiroqchi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasiga qarashli Sariqamish boʻlinmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur boʻlimda mehnat qilayotgan shifokorlarning yaqinda koʻp yillik orzusi amalga oshdi. Shifoxona hashar yoʻli bilan 400 mln soʻm mablag’ evaziga mahalliy aholi tomonidan qaytadan qurildi. Bu yaxshi, albatta, Lekin muammolar toʻliqligicha bartaraf etilmagani, mas’ul mutasaddilar tomonidan sustkashlikka yoʻl qoʻyilganligi tufayli hali-hamon muassasa tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmay turibdi.

-Qishlog’imiz ahli mehnatkash. Ulardan biz shifokorlar minnatdormiz. Chunki avvalari juda xaroba binoda faoliyat koʻrsatganmiz. Hozir esa koʻrib turganingizdek yangi maskanga ega boʻldik.Muolaja oʻtkazish uchun jihozlar yoʻqligi esa bizga ancha qiyinchilik tug’diradi,- deydi boʻlinma mudiri Eshim Qodirov. 9 ming aholiga tibbbiy xizmat koʻrsatish uchun imkoniyatimiz toʻliq yetadi deyolmayman. Buning uchun avvalo tez yordam shaxobchasi faoliyatini ham yoʻlga qoʻyish kerak.

Hozirgi kunda mazkur poliklinikada jami 22 ta tibbiyot va ishchi xodimlar mehnat qilmoqda. Ularni qiynab kelgan muammo esa hali-hamon bartaraf etilmayotgani bizni ham qiziqtirdi. Savollarimizga javob olish maqsadida Chiroqchi Tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Toʻlqin Ashurov bilan telefon orqali muloqot qildik:

-Mazkur boʻlinmadagi muammolarga yechim toppish maqsadida Tez yordam tizimini faolitini yoʻlga qoʻyish ishlari boshlab yuborilgan. Noyabr oyining birinchi 10 kunligida esa bu ishlar oʻz nihoyasiga yetadi va Tez yordam shaxobchasi aholiga xizmat koʻrsata boshlaydi. Tibbiy jihozlarga keladigan boʻlsak: qaytadan qurilayotgan Yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ortib qolgan uskunalarni boʻlinmamizga ajratmoqchimiz.

Shu oʻrinda oʻz-oʻzidan savol tug’iladi: Chiroqchi Koʻp tarmoqli markaziy polikliniklasiga qarashli Sariqamish boʻlinmasiga yangi tibbiyot uskunalar ajratiladimi? Bu muammoni Tuman tibbiyot birlashmasi hal etolmasa, balki tuman hokimligi yoki viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi yechim topar… “Nasafnews.uz” axborot portali tegishli mutasaddilardan javob kutadi.

D.NABIYEV

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here