KOSON TUMANI XALQ TA’LIMI BOʻLIMI VA MAKTAB RAHBARI FUQARONI SARSON QILMOQDA

294

“Nasafnews.uz” axborot portaliga Koson tumani Toshli qishlog’ida istiqomat qiluvchi Sanjar Sa’dullayevdan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda Sanjar mazkur hududdagi 47-sonli umumiy ta’lim maktabida xoʻjalik mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatishi va ayni kunlarda maktabning yangi rahbari unga turli tazyiqlar oʻtkazayotganini bildiradi.

Biz mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida maktabning bir necha oʻqituvchilari bilan telefon orqali muloqot qilib koʻrdik.

-Maktabimiz direktori Shokir Axmonov ishga kelgandan soʻng, juda qiziq ishlar boʻlayapti, – deydi ismini sir saqlanishini soʻragan bir oʻqituvchi.Eski xodimlar ishdan boʻshatilib, oʻrniga direktorning tanish-bilishlari ishga qabul qilinayapti. Buni, xattoki Xalq ta’limi boʻlimi ham jimgina kuzatmoqda.

Bizga ma’lum boʻlishicha, direktorning ukasi Shukur Axmonov 47-maktabda elektr toki ustasi vazifasini bajaradi. Uning opasi Muhayyo Axmonova farroshlik ishlarini qiladi.Amakisi Oʻktam Axmonov maktab hisobchisi lavozimida faoliyat koʻrsatar ekan. Bu hali hammasi emas, direktor singlisi Lobar Orziyeva sohta diplom bilan ishlab kelganligi aniqlanib ishdan olinadi. Shokir Axmonov  direktor lavozimiga tayinlangandan soʻng, uni yana ishga qabul qiladi. 

Mazkur ta’lim dargohida (ta’lim dargohimi yoki tanish-bilishlar kompaniyasi deyish kerakmikan?) 36 ta oʻqituvchi faoliyat koʻrsatsa, oʻquvchilar soni 300 nafarni tashkil etadi. Qizig’i, ayni kunlarda maktab yoshlar ittifoqi yetakchiligi lavozimiga direktorning kuyovi Ne’mat Sherqulov tayinlandi.

-Tanish-bilishlar bir boʻlib oʻqituvchilarga va ishchi xodimlarga nohaqlik qilishmoqda, – deydi xoʻjalik mudiri Sanjar Sa’dullayev. Bir necha marta maktab direktori meni haqorat ham qildi. Bunga ham chidadim. Shundan soʻng, tuman xalq ta’limi boʻlimiga bordim. Biroq , boʻlimdan ishim bitmadi. Ular xattoki meni mudirning oldiga kirgani ham qoʻyishmadi.

47-umumiy ta’lim maktabi atrofidagi gap soʻzlarga aniqlik kiritish maqsadida biz ham  Koson tuman Xalq ta’limi boʻlimiga bordik.Ammo oʻz kasbiga mas’uliyatsiz yondashgan rahbarni ish stolidan topa olmadik.  Uning oʻrinbosari Oʻtkir Eshonqulov: “muxbirlarni maktabga kiritmaslikni va yuqoridan shunday buyruq bor ekani” aytib qoldi. Xalq ta’limi Boshqarmasi tomonidan berilgan buyruqda esa bunday mazmun yoʻq

Biz vaziyatga aniqlik kiritish uchun Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xodimi S.Ochilovga bog’landik. U buyruq bu maqsadida tayyorlanmaganligi, jurnalistik faoliyatimizga qarshi emas ekanligini bildirdi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here