QASHQADARYODA QISHDA YER OSTIDAN ISSIQ SUV OQIB CHIQMOQDA.BUNING SABABI NIMADA?

155

Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Maydayobu” qishlog’ida haqiqiy tabiat mo‘jizasi bor. Nima ekan deb qiziqayapsizmi?
Yer ostidan mana bir necha yildirki, tabiiy issiq suv sizib chiqadi. Bu suvning turli kasalliklarga shifo bo‘lishi nafaqat mahalliy aholiga balki, Buxoro, Navoiy viloyatidagi yurtdoshlarimizga ham ma’lum. Ular oshqozon-ichak xastaliklaridan aziyat chekkanda shifobaxsh buloq suvidan iste’mol qilib ketishadi va dardlariga shu orqali davo topishadi.

-Qishloqliklar buloqni olloh tomonidan berilgan ne’mat deb bilishadi,- deydi “Maydayobu” MFY  raisi Baxtiyor Nurumov. Muntazam ravishda iste’mol qilishadi. Bu esa ichimlik suviga bo‘lgan talabni ham qondirmoqda. Bizda hech kim kasal  bo‘lmaydi. Buning sababini buloqda deb bilamiz.

Maydayobudagi mazkur buloqni biz ham borib ko‘rdik.Qishning sovuq kunidan yer ostidan oqib chiqayotgan suv haqiqatdanda juda issiq. Iste’mol qilish uchun biroz sovushini ham kutdik.

-Ayni kunlarda qishlog’imizda katta yangilik amalga oshirilmoqda,-deydi mahalla raisi Baxtiyor Nurumov. Yangi qurilayotgan sog’lomlashtirish markazida buloqdan oqib chiqayotgan issiq suvdan foydalanib turli xastalikdagi bemorlar davolanadi.Bu esa uzoq hududlardan kelib-ketuvchilar uchun ayni muddaodir.

Doniyor ORIPOV TAYYORLADI
Qashqadaryo yangiliklarini telegram orqali kuzatib boring! → https://t.me/nasafnewsuz

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here