QASHQADARYO BOSMA NASHRLARIGA NAZAR: 50 NUSXA, 86 NUSXA, 250 NUSXA…(RO‘YXAT)

249

Qashqadaryo viloyat matbuot va axborot boshqarmasining «Nasafnews.uz»ga bergan ma’lumotiga ko‘ra,  viloyatdagi ayrim xususiy va davlat nashrlariga bu yil obuna kam uyushtirilganligi sababli gazetalar adadi keskin pasayib ketdi.
Ayrim nashrlarga xususan, Qarshi shahar hokimligi muassisligidagi «Nasaf» gazetasiga atigi 50 dona obuna tashkil qilingan. Kitob tuman hokimligi muassisligidagi «Kitob tongi» gazetasiga esa 86 dona obuna uyushtirilgan.
Bu ko‘rsatkich tarixdagi eng past ko‘rsatkichlar rekordini yangiladi.Quyida «Nasafnews.uz» axborot portali tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatning 2-qismi bilan tanishing!

“Qashqadaryo”
2018-yilda  9673 nusxa,
2019-yilda  2172 nusxa
“Chiroqchi”
2018-yilda  1510 nusxa,
2019-yilda  249 nusxa
“Kesh (Shahrisabz)”
2018-yilda 2835 nusxa,
2019-yilda  946 nusxa
“Muborak hayoti”
2018-yilda 2018 nusxa,
2019-yilda 347 nusxa
“Yakkabog’ ovozi”
2018-yilda 1684 nusxa,
2019-yilda  1450 nusxa
“Qamashi”
2018-yilda 1700 nusxa,
2019-yilda 700  nusxa
“Naxshab (Qarshi tumani)”
2018-yilda 1600 nusxa,
2019-yilda  375  nusxa
“Kitob tongi”
2018-yilda  730 nusxa,
2019-yilda  86  nusxa
“Navqiron”
2018-yilda  520 nusxa,
2019-yilda  350 nusxa
“Voqif vesti plyus”
2018-yilda  350 nusxa,
2019-yilda  250 nusxa

Tizimda innovatsiya
Qashqadaryo viloyati hayotidagi yangiliklarni Respublika miqyosida yoritib boruvchi «Voha» gazetasi 2019-yildan boshlab a-4 formatda nashrdan chiqishni boshladi. Shu paytga qadar gazetaning 2 ta soni mushtariylarning qo‘liga yetib bordi. 3000 nusxada chop etilayotgan nashr bugun faqatgina obunaga ishonib qolmasdan, sotuvni ham yo‘lga qo‘ygan.
Shuningdek, faoliyat boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan «Qashqadaryo press» gazetasi ham 2019-yildan boshlab a-4 formatda bosmadan chiqmoqda. 3000 nusxada nashr etilayotgan gazeta ijodkorlari diqqat-e’tiborini mushtariylar ishonchini oqlashga qaratgan.

 

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here