QADIM VOHANING OCHILMAGAN SIRLARI ( AFSONA VA HAQIQAT)

145

Qashqa vohasining yarmi tog’lik yarim dashtlik hududlarida ko’plab ziyoratgohlar bor.Qadamjolar tarixdan hikoya qilishi, murodbaxsh tilaklarni amalga oshirishi bilan ahamiyatli.

Ayrim qishloqlarimizda hali o’rganilmagan maskanlar ham talaygina. Ana shunday ziyoratgohlardan biri Muborak tumanidagi Ko’hna shahar qishlog’ida joylashgan.
“ Qizbibi ” deb nomlanuvchi ziyoratgoh haqida faqatgina mahalliy aholi tilida turli rivoyatlar yuradi.Shu bois,bu yerga qishloq ayollari tez-tez ziyoratga kelib turishadi.
Qadamjoda o’tmishda yashab o’tgan Qizbibining ramziy qabri bor. Qabr yonidagi dastaga ayollar tilaklari ijobatini so’rab ro’mollarini bog’lab ketishadi.
Ko’hna shaharda 1400 – yilda qurilgan “ Zanjirsaroy qal’asi ”ning qoldiqlari ham bor. Bu yerda ko’plab qadimiy yodgorliklar, sopol idishlar va shaharcha qoldiqlari topilgan. Hozirda o’ndan bir qismi saqlanib qolgan.
Zanjirsaroy qal’asida arxeologik qazishma  ishlari olib borilsa, yanada ko’proq ma’lumotlar o’z tasdig’ini topishi mumkin.

Dilshod NABIYEV

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here