SA’D IBN ABU VAQQOS HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ?

65

Yurtimiz azal-azaldan tarixiy obidalari,muqaddas ziyoratgohlari bilan butun dunyo ahlini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hududidagi Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a)ziyoratgohi bugun e’tiborimiz markazida.

Shahar markazidan uncha uzoq bo‘lmagan «Bog’ishamol» MFY hududida xalq orasida «Saxiy ota» nomi bilan mashxur bo‘lgan Sa’d ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi joylashgan.

Ziyoratgoh hududiga kirib borar ekanmiz, bu yerning ziyoratchilar bilan gavjumligi e’tiborimizni tortdi.

Shu boisdan bu inson haqida to‘liqroq ma’lumot olish maqsadida majmua rahbari Bahodir Mirkomilovga yuzlandik:

-Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a)milodiy 600-yilda quraysh qabilasida tug’ilgan.Ul zot Islom dinini qabul qilgan dastlabki 3 kishidan biri bo‘lgan.Sa’d ibn Abu Vaqqos Rasululloh (s.a.v)ning tog’alari hisoblanib,islom dinini yoyishda muhim harakatlarda bosh sarkardalik qilgan.Vaqqos ota islom olamida o’zining 2 fazilati bilan shuhrat qozongan.Birinchisi,u Alloh yo‘lida eng birinchi kamon otgan shaxs hisoblangan.
Ikkinchidan,bu inson o‘z davrida saxiyligi bilan ulug’langan.Shundanmi,xalqimiz Sa’d ibn Abu Vaqqos ruhlariga ibodat qilib,qurbonliklar atashadi.

Qahramon HAMRO TAYYORLADI

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here