KASBI TUMANIDA «OBOD QISHLOQ» DASTURI IJROSI QONIQARLIMI?

96

Olingan ma’lumotlarga qaraganda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi 2 ta “G’alaba” va “Mug’lon” qishlog’ida  “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning iyun oylarida boshlangan ishlar esa negadir hali – hamon nihoyasiga yetmay, to‘xtab qolgan.
Bunga Tumandagi “G’alaba” qishlog’ida bo‘lganimizda ham amin bo‘ldik!

  • Qishlog’da 14 ta ko‘p qavatli uy-joylar mavjud. Uylardan 5 tasining dasturga asosan  faqatgina tashqi fasadi va tom qismi hozirgacha yopib berildi.
  • Hududdagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini qaytadan ta’mirlash uchun 2mlrd 592 mln so‘m mablag’ ajratildi. (Maktab ta’mirlandi lekin hali hovli devorlari yo‘q)
  • Shuningdek, 4-sonli MTMda rekonstruksiya ishlari bajarilishi uchun  1 mlrd 200 mln so‘m mablag’ ajratilib 1-noyabrdan foydalanishga topshirilgan.
  • 2 kilometrga yaqin ichki yo‘llar ta’mirlanishi rejada bor.Biroq suratlarda ko‘rib turganingizdek hali yo‘l qurish ishlaridan asar ham yo‘q. (Bu yo‘llarda  qorli, yomg’irli kunlarda harakatlanish ancha qiyinchilik tug’dirishi aniq.)

  • 8 ta  kam ta’minlangan oilalarga arzon uy joylar qurilishi dasturda bor. Berilgan ma’lumotga ko‘ra, bu uylar 1-dekabrga to‘liq foydlanishga topshirilar ekan.Qizig’i uylarning qurilishi endigina boshlangan. (Qisqa vaqt ichida tekshiruvchi uchun qurilgan uyning holatini ko‘z oldingizga keltiravering…)
  • Hududda “Obod qishloq” dasturi bajarilishi uchun 7 mlrd so’mdan ortiq mablag’ ajratilgan .Biz bu ma’lumotlarni mahalla raisi yoki dasturni bajarish uchun tuzilgan shtabdan emas, tuman hokimligining uy – joy kommunal xo‘jaligi bo‘lim boshlig’idan oldik. Mahalla raisi saylanganiga 15 kun bo‘lganligi sababli hali dastur ijrosi qanday amalga oshirilayotganligidan xabardor emasligini bildirdi.Dastur bo‘yicha tuzilgan shtab vakillarini ayni kunlarda topish ham mushkul.(Agarda ular mavjud bo‘lsa )

    • Statistik raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak:Respublikmamiz bo‘yicha  joriy yilda 368 ta qishloq obod qilinishi tasdiqlangan. 127 mingta uy-joylarni ta’mirlash va atrofini obodonlashtirish, 1 ming 900 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i, qariyb 2 ming kilometr elektr va 263 kilometr gaz tarmoqlari barpo etish, 850 ta ijtimoiy hamda 2 ming 400 ta bozor infratuzilmasi ob’yektlari qurish va ta’mirlash, 440 kilometr yo‘llarni kapital ta’mirlash, 470 ta zamonaviy avtobus xarid qilish, 330 dan ziyod bekat qurish va yangi qatnov yo‘nalishlarini ochish ko‘zda tutilgan.

    Kasbidagi ishlar umuman qoniqarsiz, deyish fikridan yiroqmiz. Lekin qoniqarli ham deb bo‘lmaydi. O‘ylaymizki, mutasaddilar bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ymasdan qolgan qisqa fursatda dastur ijrosini to‘liq bajarishadi. Jarayonlarni kuzatmoqdamiz…

     

    Dilshod NABIYEV

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here