HOKIM OʻRINBOSARI VA MAHALLA RAISI “OBOD QISHLOQ” DASTURI UCHUN QANCHA MABLAG’ AJRATILGANINI BILMAYDI“MI” ?

115

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi “Chandir” qishlog’ida joriy yilning iyun oyida “Obod qishloq” dasturi boshlangan edi. Oradan vaqt oʻtib hududda sezilarli darajada oʻzgarishlar roʻy berdi. Aholining ichimlik suvidan boʻlgan muammolariga yechim topildi. 24 ta arzon uy-joylar qurish ishlari boshlandi. Savdo rastalari, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etildi.

Dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida hududdagi “Chandir” mahallasiga bordik. Chindan ham, avvalgi Chandir bilan, hozirgisini solishtirsa, katta farq borligini sezish qiyin emas. Biroq fuqarolar orziqib kutgan qishloqni obod qilish ishlari ayni kunlarda toʻxtab qolgan.
Buning sababini bilish uchun mahalla raisi Atamullo Toʻrayevga yuzlandik. Tashrifimizdan anchagina ta’bi xira boʻlgan raisdan javob olish ham oson kechmadi.
-Yaqinda 100 oʻrinli tikuvchilik sexini qurish ishlari boshlangan edi. Agar bu fabrika ishga tushsa, 100 kishi ish bilan ta’minlanar edi. Biroq, koʻrib turganingizdek, tikuvchilik sexining qurilish ishlari toʻxtagan.Nega toʻxtaganini “Paxtasanoat”dan soʻrab biling,- deydi mahalla raisi.

Suhbatimizga oʻzini Mirishkor tuman qurilish ishlari boʻyicha hokim oʻrinbosari Toʻlqin Oʻrinov deb tanishtirgan mutasaddi qoʻshildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hududda amalga oshirilgan ishlar haqida toʻliq ma’lumotni hokimiyatdan olish mumkin ekan.
“Obod qishloq” dasturi boʻyicha qancha mablag’ ajratilganini mahalla raisi ham shu ishga mas’ul Toʻlqin Oʻrinov ham bilmasligini ta’kidladi.
Shu oʻrinda sarlavhadagi oʻrinli savol: Hokim oʻrinbosari va mahalla raisi “Obod qishloq” dasturi uchun qancha mablag’ ajratilganini bilmaydi “mi” ?

Doniyor ORIPOV

1 izoh

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here