QASHQADARYODA DAVLAT DASTURI IJROSI YUZASIDAN TASHKIL QILINGAN GAZETANING TAQDIRI XAVF OSTIDA…

66

2017-yil  «Xalq bilan va inson manfaatlari yili» davlat dasturi ijrosi yuzasidan  Qashqadaryo viloyatida 2017-yilning 15-sentyabrdan «Inson manfaati» gazetasi tashkil qilingan edi. Qisqa fursat ichida ko‘plab mushtariylarning ishonchini qozongan nashr taqdiri ayni kunlarda xavf ostida qolgan.
Gazeta o‘quvchilari majburiy obunaga qarshi kurash tufayli o‘zlarining sevimli nashrlariga obuna bo‘lishmagan.
Natijada 2019-yilning yanvar oyida nashr adadi 56 nusxada chop etilishga majbur.

-Gazetamizda viloyatdagi barcha jabhalar keng yoritib borilar edi,-deydi «Inson manfaati» gazetasi direktori O‘ktam Sadinov. Inson manfaati har narsadan ulug’. Shu maqsadda ochilgan nashr taqdiri hozir nafaqat tahririyat xodimlarini balki mushtariylarimizni ham o‘ylantirmoqda. Qashqadaryo viloyati har sohada va jabhada ilg’or ekanini unutmagan holda matbuot sohasida ham o‘z mavqeiga ega bo‘ladi degan umiddamiz.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here