QASHQADARYOLIK TADBIRKOR 70 DAN ORTIQ YANGI ISH OʻRNINI YARATDI

140

1 oyda 50 xil turdagi 900kg qandolat mahsulotlarini aholiga taqdim etib kelayotgan tadbirkor Olim Jalilov 15 yillik tajribaga ega. Hozirda “Sladkiy vostok” (Shirinliklar dunyosi) sexida kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 70 nafar qizlarni ish bilan ta’minlagan.

-Asosiy maqsadimiz aholiga sifatli shirinliklarni ulashish, ishsiz xotin-qizlarni mehnatga jalb etishdan iboratdir, – deydi tadbirkor Olim Jalilov suhbatimiz davomida.

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori o’z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimiz uchun Prezidentimiz tomonidan imkoniyatlar yaratib berilgan. Ana shunday qulayliklardan oqilona foydalangan qahramonimiz ham faoliyati turini yana bittaga ko‘paytirdi. Ya’ni, Qarshi shahrida ish boshlagan “Kamalakcha” xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
-50 nafar tarbiyalanuvchilarni o‘z bag’riga chorlagan bog’chamizda 6 nafar xodimlarni ish bilan ta’minladik.Hozirda ular bog’chamizdagi kichkontoylarga ta’lim-tarbiya berishmoqda, -deb fikr bildiradi tadbirkor.

Kelgusida faoliyat turi yanada kengayishi muqarrar. “Kamalakcha” xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida 70 nafar kelajak vorislari tarbiyalansa, xodimlar sonini yana 10 nafarga ko‘paytirish reja qilingan.

Mohinur TURG‘UNZODA

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here